Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2017 19:24 Chop etish versiyasi

Bokschilarimizning ishonchli g‘alabasi

Bokschilarimizning ishonchli g‘alabasi Toshkentda boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining chorak finalida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

56 kilogramm vazn toifasida Murodjon Ahmadaliyev butanlik Nima Dorji bilan kuch sinashdi va muddatidan oldin – ikkinchi raundda raqibi ustidan g‘alaba qozondi.

Vazni 49 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahslarda Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Jomart Yerjan ustidan zafar quchdi. 60 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov esa indoneziyalik Farrand Papendanga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

64 kilogramm og‘irlikdagi bokschilar o‘rtasida yarim final yo‘llanmasi uchun jangda Iqboljon Xoldorov Xitoy Taypeyi vakili Hun-Min Panni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Shuningdek, Isroil Madrimov o‘z vaznida filippinlik Eumir Marsial ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

Chorak final bahslari davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
6 773