O‘zA O`zbek

06.03.2020 Chop etish versiyasi

Bokschilarimiz Olimpiada yoʻllanmasi uchun kurashmoqda

Bokschilarimiz Olimpiada yoʻllanmasi uchun kurashmoqda

Iordaniyada boks boʻyicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma beruvchi litsenzion turnir qizgʻin bahslarga boy oʻtmoqda.

Terma jamoamiz aʼzosi Elnur Abduraimov 63 kilogrammgacha vazn toifasida filippinlik Jeyms Paliste bilan kuch sinashdi va yirik hisobda zafar quchdi. Saralash bosqichining ikkinchi davrasida vazni 75 kilogrammgacha boʻlgan bokschimiz Fanat Qahramonov samoalik Yensen Poutoaga qarshi oʻtgan jangda gʻalaba qozondi. Dilshod Roʻzmetov avstraliyalik Paulo Aokusoga imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Bugun boʻlib oʻtadigan bellashuvlarda toʻrt oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi ringga koʻtariladi. Bobousmon Baturov Dominik Royga (Yangi Zelandiya), Maftunaxon Meliyeva Mai Kitoga (Yaponiya), Navbahor Hamidova Nadejda Ryabesga (Qozogʻiston), Sanjar Tursunov Tariq Muhammad Rabeahga (Iroq) qarshi bellashadi. Bahslar tushdan keyin boshlanadi.

7 162
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA