Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2018 17:22 Chop etish versiyasi

Bokschilarimiz bittadan oltin va brozna, uchta kumush medalga ega bo‘ldi

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mo‘g‘ilistondan 200 ga yaqin charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun ringga chiqdi.

Vazni 46 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Dilshod Abdullayev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, Shohruh Ro‘ziboyev, Ruslan Abdullayev va Login Petrov o‘z vazn toifalarida terma jamoamizga kumush medal keltirdi. Umidli bokschimiz Shohjahon Abdullayev 80 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bittadan oltin va brozna, uchta kumush medalga ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 308