O‘zA O`zbek

27.07.2020 Chop etish versiyasi

Bokschilarimiz AQSHda jang oʻtkazadi

Bokschilarimiz AQSHda jang oʻtkazadi

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati AQSHda “boks oqshomlari” boshlanishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berdi.

Bu musobaqalarda oʻzbekistonlik bokschilar ishtirok etishi kutilmoqda. Ayrim bokschilarimizning jang sanasi ham aniq boʻlibdi. Xususan, 15-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida) AQSHning Oklaxoma shtatida oʻtkaziladigan musobaqada 2 bokschimiz – Isroil Madrimov va Shahram Gʻiyosov ringga koʻtarilar ekan.

Isroil Madrimov WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun amerikalik Erik Uolkerga, Shahram Gʻiyosov oʻzining WBA International kamarini himoya qilish uchun meksikalik Fransisko Roxodanga qarshi jang qilishi aytilmoqda.

Shu kunlarda Amerikada boʻlib turgan Bektemir Meliqoʻziyev ham katta ehtimol bilan avgust oyida ringga koʻtarilishi mumkin. Hozircha uning raqibi nomaʼlum.

Oʻzbek professional bokschilari ichida yuqori reytingga ega boʻlgan Qudratillo Abduqahhorov 10-oktyabr kuni IBF vaqtinchalik chempionlik kamari uchun rossiyalik Sergey Lipinesga qarshi jang oʻtkazadi. Lekin Qudratilloda viza bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgani sababli AQSHga joʻnab keta olmayapti.

8 008
OʻzA