O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Boks: jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik

Boks: jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladik

Xabaringiz bor, bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha havaskorlar o‘rtasida XX jahon chempionati boshlandi.

Yekaterinburg shahrida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoa a’zolari bilan birgalikda O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamda sportimiz mutasaddilari ishtirok etishdi.

photo5454167583688338290.jpg

Shuningdek, ochilish marosimi oldidan S.Polatov terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yurtimiz bokschilari musobaqada g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida e’tirof etilayotganligi hamda xalqimiz sportchilardan yuqori natijalarni kutishayotganligi alohida ta’kidlandi. Saken Polatov musobaqada ishtirok etadigan charm qo‘lqop ustalariga omad tiladi.

Shuni alohida ta’kidlash lozim, uchrashuvdan so‘ng yigitlarimiz ortida ona Vatani, xalqi va oila a’zolari turganligini yanada chuqurroq his qilishdi va jahon chempionatida yuqori natijalar uchun astoydil harakat qilishlarini ta’kidlashdi.

Darvoqe, bugunning o‘zidayoq dastlabki bokschimiz ringga ko‘tarildi hamda g‘alaba nashidasini surdi.

-75 kg vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Fanat Qahramonov ilk bosqichda mo‘g‘ulistonlik Davaasuren ustidan g‘alaba qozondi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

1 628
O‘zA