O‘zA O`zbek

08.09.2019 Chop etish versiyasi

Boks: hamyurtlarimizning Jahon chempionatidagi raqiblari maʼlum

Boks: hamyurtlarimizning Jahon chempionatidagi raqiblari maʼlum

Xabaringiz bor, ertaga Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks boʻyicha havaskorlar oʻrtasida XX jahon chempionati boshlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun jahon chempionati bahslariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga koʻra mazkur musobaqada vatanimiz sharafini himoya qiladigan charm qoʻlqop ustalarimiz oʻz raqiblarini bilib olishdi.

Demak, -52 kg vazn toifasida ringga koʻtariladigan Rio-2016 olimpiadasi gʻolibi Shahobiddin Zoirov birinchi davrada turkmanistonlik Gulijonovga qarshi ringga koʻtarilsa, -57 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Miraziz Mirzaxalilov esa bahslarga ikkinchi davradan qoʻshiladi. Shuningdek, Bobousmon Baturov, Sanjar Tursunov hamda Bahodir Jalolov kabi yetakchi bokschilarimiz ham birinchi davradan ozod etilgan.

Qurʼa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Gulijanov (Turkmaniston)

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya)/Ivanov (Polsha)

-63 kg: Elnur Abduraimov – Ben Baziz (Jazoir)

-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina)/Mikkalef (Chernogoriya)

-75 kg: Fanat Qahramonov – Davaasuren (Moʻgʻuliston)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmetov – Narmandax (Moʻgʻuliston)

-91 kg: Sanjar Tursunov – Xulio Blanko (Kolumbiya)/Teysheyra Da Silva (Braziliya)

+91 kg: Bahodir Jalolov – Rogava (Ukraina)/Ramazon Purdelavar (Eron)

Eslatib oʻtamiz, Germaniyada oʻtkazilgan soʻnggi jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov oltin medalga sazovor boʻlgandi. Umid qilamizki, bu safar chempionlarimiz safi koʻpayadi.

1 583
OʻzA