O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi onlayn mashgʻulot oʻtkazdi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi onlayn mashgʻulot oʻtkazdi

Bugun, 21-may kuni boks boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi vakillari ishtirokida navbatdagi onlayn mashgʻulot tashkil etildi. Bu haqda federatsiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Ushbu mashgʻulotlarni Oʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Saken Polatov, bosh kotib Murodjon Mamadaliyev ham kuzatib bordi.

Mashgʻulotlarni oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Bekzod Xidirov olib bordi. Yigitlarimiz esa berilgan topshiriqlarni astoydil bajarishdi.

Onlayn mashgʻulot davomida federatsiya rahbariyati tomonidan shunday ruxda davom etish lozimligi, yaqin orada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari boshlanishi taʼkidlandi.

5 408
OʻzA