Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida futbol yoshlarimiz orasida jadal ommalashmoqda.

Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida futbol yoshlarimiz orasida jadal ommalashmoqda. Prezidentimizning joriy yil 3-iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.

Futbolni rivojlantirish, o‘zbek futbolining yorqin kelajagini ta’minlovchi iste’dodli sportchilar – xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir, iqtidorli va istiqbolli futbolchilarni tarbiyalash maqsadida «Bunyodkor» futbol majmuasida bolalar va o‘smirlar futbol maktabi tashkil etilgan. Bu yerda o‘quvchilarning puxta bilim olishi, o‘z iqtidor va mahoratini oshirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Mazkur maktab o‘quvchilari boshlang‘ich, tayyorlov, takomillashuv kabi uch bosqichda tahsil oladi. Bolalarga tajribali, professional murabbiylar ta’lim beradi.

Maktab majmuasi o‘quv-ma’muriy korpus, yotoqxona, sport zali, suv havzasi, oshxona binolarini o‘z ichiga olgan. Sinf xonalari o‘quv dasturlari, lokal tizim va internet tarmog‘iga ulangan komputerlar bilan jihozlangan. Har biri 2 o‘quvchiga mo‘ljallangan yotoqxonalarda barcha qulayliklar yaratilgan. Suzish havzasini suvga to‘ldirish, isitish, filtrlash, to‘kish tizimlari to‘liq avtomatlashgan, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlangan. Majmua atrofida yettita maydon yosh futbolchilar ixtiyorida.

– "Bunyodkor" bolalar va o‘smirlar futbol maktabi 2007-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, – deydi maktab direktori Vadim Shodimetov. – Maktabimizda dastlabki yillarda besh yuzga yaqin yosh futbolchi shug‘ullangan bo‘lsa, hozir shug‘ullanuvchilar sakkiz yuzdan ziyodni tashkil etadi. Ularga oliy toifadagi 32 murabbiy mazkur sport turining sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda. Maktabimizga bolalarni olti yoshdan boshlab qabul qilamiz. Bolalar 2-3-yil davomida sog‘lomlashtirish, to‘p bilan ishlash, maydonda o‘zini boshqarish kabi mashg‘ulotlarda qatnashadi. Ular o‘z tajribasini oshirish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish maqsadida yiliga uch marotaba sinovdan o‘tadi. Imtihon natijalariga ko‘ra bolalar guruhlarga bo‘linadi. So‘ngra ular orasidan iqtidorlilari saralanib, professional futbolchi bo‘lish yo‘lida davom etishadi.

Bu yerda tahsil oladigan bolalar va o‘smirlarning nafaqat futbol bo‘yicha mahoratini oshirish, balki fanlar yuzasidan ham bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ushbu maktab uchun maxsus dastur tayyorlangan.

Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan maktabda yaratilgan keng imkoniyatlar, mashg‘ulotlarning yuqori saviyada, eng ilg‘or usullar asosida olib borilishi yosh futbolchilarning o‘z kuchi va salohiyatiga bo‘lgan ishonchini oshirishi shubhasiz.

– Orzuim – jahon maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish, xalqimizga, futbol muxlislariga quvonchli g‘alabalarni taqdim etish, – deydi maktab o‘quvchilaridan biri Jamshid Baxshullayev. – Buning uchun tinmay o‘qish, mashg‘ulotlarda qatnashish bilan birga, mamlakatimiz va dunyoning mashhur futbolchilari faoliyatini o‘rganishga, o‘yin texnikasini puxta egallashga harakat qilmoqdamiz. Maktabimizda tajribali futbolchilar mahorat saboqlari o‘tkazishlari odat tusini olgan.

Maktab tarbiyalanuvchilari o‘tgan yillar davomida Janubiy Koreya, Malayziya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qator davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etdi.

Bularning barchasi mamlakatimizda sportni, bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasidir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lg‘usi futbolchilar maktabi