O‘zA O`zbek

14.08.2018 11:30 Chop etish versiyasi

Biz bilmagan Marakana

Biz bilmagan Marakana

Masalan, mening bolalikdagi orzuyim milliy terma jamoa libosida o‘ynash edi. Ushalmadi. Brazilyada esa boshqacharoq. 

Janubiy amerikalik bolalarning eng ulkan orzusi – Marakanada to‘p surish. Quyida dunyoning eng ko‘hna stadionlaridan biri bo‘lmish; “orzular kushandasi” Marakana haqida so‘z yuritamiz.

maracana-filho.jpg

Markana stadionining qurilishi 1948-yilda boshlangan. Uning butunlay bitkazilishiga esa ulkan muddat - 18 yil ketdi. Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan stadionni qurish taklifi mahalliy jurnalist Mario Filyu tomonidan taklif etilgan.

Stadionning qurilish ishlari 1948-yil 2-avgustda boshlandi. Loyihaga brazilyalik injener Humberto Meneskal boshchiligidagi arxitektorlar bo‘linmasi tayinlandi. Maykl Feldman, Valdir Ramos, Rafayel Galvayo, Oskar Valdetaro, Orlando Azevedo, Pedro Bastos hamda Antonio Karneyrolar ana shu loyiha tarkibidagi insonlardan edi.


Mahalliy xalq Marakananing qurilish ishlarida o‘zining beminnat yordamlarini ayashmaydi. Biri moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlasa, boshqasi o‘z kuchini stadion qurilishiga baxshida etadi. Shu boisdan ham o‘yingoh hozirgi kungacha Rio-de-Janeyro shahri mulki sanaladi.

7e9cc8bb2aaecb390ba6.jpg

Azim maydonning rasmiy ochilish o‘yini 1950-yilning 16-iyun kuni o‘tkazilgan, o‘shanda mahalliy “Rio-de-Janeyro” hamda “San-Paulu” jamoalari kuch sinashgan. Marakanadagi birinchi golga esa afsonaviy hujumchi Didi mualliflik qilgan.

15118983626235.jpg

Zamonlar o‘taverdi. Stadion qanday buyuk futbolchilarni ko‘rmadi. Peleni Pele bo‘lib tanilishini ham, buyuk Garrinchaning ojiz raqib oldida to‘xtab bosh egishini ham, Zikoning so‘ngi o‘yinini ham, va hatto, “seleção“ning eng alamli mag‘lubiyatini ham ko‘rdi. U qancha insonni xursandchiligiga, yana qanchasining qayg‘usiga sherik bo‘ldi. Indamay kuzatib turaverdi. Xalq shu uchun uni yaxshi ko‘raverdi, sevaverdi. Chin sevgi tilda oshkor qilinmaganidek, Marakanani jim sevdilar, ojizlarcha sevdilar.

522fbf0f1dd2804a12963e238c4daff6.jpg

Keyinchalik stadionga rasmiy nom sifatida qurilish taklifini yo‘llagan o‘sha mashhur jurnalist hamda futbol eksperti Mario Filyu nomini berishdi. Omma baribir Marakana deb tan oladigan stadionning rasmiy nomi “Mario Filyu”dir. Aytgancha, siz-u men biladigan nom esa o‘yingoh atrofida joylashgan Marakana daryosi nomidan olingan.

Barazilya termasi 1950-yilda ushbu stadionda jahon kubogi asosiy o‘yinida Urugvayga qarshi bahs yuritadi va 2-1 hisobida mag‘lub bo‘ladi. O‘sha o‘yinga 199854 nafar inson tashrif buyuradi. Bu futbol tarixi muxlislar oqimi borasidagi rekord natija sanaladi.

DBFyK5LXUAAXyyZ.jpg

Bu hammasi emasdi. Libertadores kubogi doirasidagi final yoki final oldi bahslariga ham kishilar 150, 170, 180 minglab kelishardi. Ha, ular shunchaki futbolni sevishardi xolos.

Futbol qiroli Pele 1969-yil “Botafogo” darvozasiga o‘zining 1000-golini kiritdi. Eng ajablanarli tomoni o‘sha voqea Marakanada sodir bo‘ldi. Ismlari oldidan buyuk so‘zi qo‘shib aytilsa, hech kim qarshilik qilmaydigan inson va stadion uchun bu tarixiy onlar edi.

21848373636383393.jpg

2000, 2006 va 2013-yilgi rekonstruksiya jarayonlaridan so‘ng Marakana o‘zining avvalgi sig‘imini butkul yo‘qotdi. Endi u hajmi bo‘yicha brazilyada birinchi emasdi, biroq o‘tmish stadionlarining eng yirigi qaysi deb, so‘ralgan savolga odamlar nuqul Marakanani ko‘rsataveradi.

9183134405_51e2852ddb_b-1024x678.jpg

Uning bugungi sig‘imi 78838 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan.

Ushbu o‘yingohda “Flamengo” hamda “Fluminense” futbol klublari o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazishadi. Shuningdek, Braziliya terma jamoasining o‘yinlari ham mazkur stadionda bo‘lib o‘tadi. Yana “Botafogo” va “Vasko-da-Gama” jamoalari ham, shtatlar o‘rtasidagi “Superklassiko”lar ham Marakanada bo‘lib o‘tadi.

Marakana ikki marta jahon chempionatlariga mezbonlik qilgan. Dastlab 1950 yilgi mundialni qabul qiladi, oxirgisi esa 2014-yilda bo‘lib o‘tgan jahon kubogidir.

aaffad81b6799fd2804f.jpg

Undan tashqari 2007-yilgi Pan Amerika o‘yinlari va 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogi, shuningdek, 2016-yil yozgi Olimpiada va Paralimpiya bahslariga ham shohid bo‘lgan.

Minglab, balki millionlab bolalarning orzulari ushalgan stadion haqida bilganlarimiz hozircha shular edi. Kelgusida yana ko‘hna maydonlar mavzusiga qaytamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Internet ma’lumotlari asosida Shohrux No‘monov tayyorladi
1 901