O‘zA O`zbek

11.01.2018 03:30 Chop etish versiyasi

Bir ozdan so‘ng Sabina Sharipova kortga chiqadi

Bir ozdan so‘ng Sabina Sharipova kortga chiqadi Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Avstraliyada “Katta dubulg‘a” turkumining ilk musobaqasi bo‘lgan “Australian Open – 2018”da ishtirokini boshlaydi.

Sabina bugun 28-yanvarga qadar davom etadigan nufuzli musobaqaning asosiy to‘r bahslariga chiqish uchun saralash o‘yinlarining dastlabki turida rossiyalik Yevgeniya Rodinaga qarshi kortga chiqadi.

Sabina va Yevgeniya o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun 11-yanvar kuni 04:00 da boshlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
9 149