Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.01.2018 09:21 Chop etish versiyasi

Biatlon olamida nima gaplar?

Biatlon olamida nima gaplar? Germaniyaning Rupolding shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining beshinchi bosqichi davom etmoqda.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasida o'tgan individual(shaxsiy) poyga bahslarida fransiyalik Marten Furkad to‘rt otishda birgina xatoga yo‘l qo‘yib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, chexiyalik Andrey Moravets bahsni ikkinchi bo‘lib yakunladi. Tajribali norvegiyalik Yoxannes Byo esa uchinchi pog‘onani egalladi.

Ayollar o‘rtasidagi ushbu yo‘nalishda italiyalik Doroteya Vierer o‘q otishda umuman xatoga yo‘l qo‘ymadi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Poygada finlyandiyalik Kaysa Myakyaryaynen ikkinchi, kanadalik Rosanna Kravford esa uchinchi bo‘ldi.

Jahon kubogining ayollar o‘rtasida umumhisobda slovakiyalik Anastasiya Kuzmina 454 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida Marten Furkad 612 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi.

Bugun erkaklar o‘rtasida estafeta bahslari o‘tkaziladi

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
8 155