Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 12:52 Chop etish versiyasi

Biatlon bo‘yicha jahon kubogi davom etmoqda

Biatlon bo‘yicha jahon kubogi davom etmoqda
Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi to‘rtinchi bosqich musobaqalari davom etmoqda. 

Musobaqaning ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan sprint poygasida slovakiyalik Anastasiya Kuzmina marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib keldi. Finlyandiya sharafini himoya qilayotgan Kaysa Myakyaryaynen ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, chexiyalik Veronika Vitkova poygani uchinchi bo‘lib yakunladi.

Bugun, 5 yanvar kuni biatlon bo‘yicha jahon kubogi to‘rtinchi bosqichida erkaklar 10 kilometr masofaga o‘tkaziladigan sprint poygalarida bahslashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 389