Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining beshinchi turidan joy olgan dastlabki ikkita uchrashuvda kutilmagan natijalar qayd etildi.

Mamlakatning amaldagi chempioni va joriy mavsumda biron marta mag‘lubiyatga uchramagan "Lokomotiv" safarda "Sho‘rtan" mehmoni bo‘lib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. G‘uzorliklar safida to‘p surayotgan Umarbek Eshmurodov 17-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Igor Taran 78-daqiqada poytaxtliklar darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

"Bunyodkor" jamoasi o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qildi. Keskin va murosasiz uchrashuvda "Qizilqum" vakillari mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoaga g‘alaba keltirgan yagona golga Ilhom Yunusov mualliflik qildi.

Beshinchi turning qolgan uchrashuvlarida «Qo‘qon – 1912» – «Dinamo», «Navbahor» – «Mash’al», «Paxtakor» – «Metallurg», «So‘g‘diyona» – «Obod», «Buxoro» – «Neftchi», «Olmaliq» – «Nasaf» jamoalari o‘zaro bahslashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshinchi tur kutilmagan natija bilan boshlandi