O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Belbog‘li kurash: polvonlar Namanganda kuch sinashdi

Belbog‘li kurash: polvonlar Namanganda kuch sinashdi

18-19 oktabr kunlari Namangan viloyatida milliy belbog‘li kurash bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston milliy belbog‘li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Musobaqada o‘g‘il bolalar erkin va klassik yo‘nalishlarda 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo‘nalishda 7 ta vazn toifasida kuch sinashdi. Murosasiz va shiddatli bahslarga boy bo‘lgan mazkur bellashuv o‘zining g‘oliblarini aniqladi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati.

1 887
O‘zA