O‘zA O`zbek

30.07.2020 Chop etish versiyasi

Bektemir Meliqoʻziyev 28-avgust kuni oʻziga tegishli boʻlgan WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi

Bektemir Meliqoʻziyev 28-avgust kuni oʻziga tegishli boʻlgan WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi

Hamyurtimiz shu kuni meksikalik Alan Kampaga qarshi ringga koʻtariladi. 

Professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqoʻziyev 28-avgust kuni AQSHda “Golden boy” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan va 10 raundlik jangdan iborat boʻlgan bahsda super oʻrta vazn (76 kg) toifasida meksikalik Alan Kampaga qarshi ringga chiqadi. Unda Bektemir oʻziga tegishli boʻlgan WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.

Alan Kampa shu paytga qadar prof boksda 22 ta jang oʻtkazgan ularning 17 tasida gʻalaba qozongan, 5 tasida esa yutqazgan. Gʻalaba bilan tugatgan janglarining 11 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

8 495
OʻzA