O‘zA O`zbek

29.05.2020 Chop etish versiyasi

“Bavariya” peshqadamligini mustahkamlab oldi

“Bavariya” peshqadamligini mustahkamlab oldi

Germaniya chempionatining 28-tur oʻyinlari nihoyasiga yetdi.

Pandemiya sabab oraliq qisqa muddatlarda davom etayotgan Bundesliganing 28-turi teletomoshabinlarga ajoyib oʻyinni tuhfa etdi. Bu turda chempionat peshqadamlari – “Bavariya” va Dortmundning “Borussiya” jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishdi.

Dordmunddagi “Signal Iduna Park” stadionida oʻtkazilgan oʻyinda maydon egalarini “devorlari” ham suyab yuborganida dordmundliklar asosiy raqibiga ancha yaqinlashib olgan boʻlardi. Afsuski, mezbonlar mezbonlik “huquqidan” foydalana olishmadi. Kimmizning birinchi boʻlim oxirlarida kiritgan goli “Bavariya”ning ishonchli gʻalabasini hamda yaqin taʼqibchisini sezilarli ochkoga ortda qolishini taʼminladi.

Uchinchi oʻringa daʼvogarlik qilayotgan uch jamoa qayd etgan natijalar ham antiqa boʻldi. Eng yaxshi imkoniyat “Leypsig” va “Bayer”da edi. Raqiblarini oʻz maydonlarida qabul qilgan ushbu jamoalar mezbonligiga borib oʻyinda gʻalaba qozonganlarida edi, uchinchi oʻrindagi taqdirini yaxshilab olishi mumkin edi. Biroq “Leypsig” “Gerta”ni yuta olmadi, “Bayer” esa oʻz maydonida kutilmaganda “Volfsburg”ga yirik hisobda yutqazib qoʻydi. Myunxenning “Borussiya”si esa safarda “Verder”dan ochko tortib olish evaziga uchinchi oʻrindan umidini uzmaganligini isbotlab berdi.

Kecha nihoyasiga yetgan 28-tur oʻyinlari ortda qoldi, ertadan esa 29-turga start beriladi. Oraliq muddatning kamligi ancha-muncha mutaxassislarning eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Jumladan, “Leypsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsman “Gerta” (2:2)ga qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirib shunday dedi: “Men noroziman. Bu biz uchun bir necha oylardan soʻng roʻy bergan birinchi «ingliz haftasi”. “Gerta” uchun esa bu “ingliz haftasi” emas. Ularda 4 kunlik pauza boʻldi. Men Bundesliga taqvimini qay tarzda tuzishlarini tushunmayman. “Gerta” juma kuni, biz esa yakshanba kuni oʻynadik va shundan soʻng chorshanbada bir-birimiz bilan oʻynamoqdamiz. Yana bir bor noqulay taqvimga duch kelyapmiz. Biz buni liga yigʻilishida aytib oʻtdik, ammo bizni hech kim tinglamadi»...

Bundesliga. 28-tur natijalari:

Borussiya D – Bavariya - 0:1

Gol: Kimmix (43).

Bayer – Volfsburg - 1:4

Gollar: Baumgartlinger (85) – Pongrachich (43, 75), Arnold (64), Shteffen (67).

Ayntraxt F – Frayburg - 3:3

Gollar: Andre Silva (35), Kamada (79), Chendler (82) – Grifo (28), Petersen (67), Xeler (69).

Verder – Borussiya M - 0:0

Leypsig – Gerta - 2:2

Gollar: Klostermann (24), Shik (68) – Gruyich (9), Piontek (82-pen.).

Xoffenxaym – Kyoln - 3:1

Gollar: Baumgartner (11), Baumgartner (46), Suber (48) – Kayns (60).

Fortuna – Shalke - 2:1

Gollar: Xennings (63), Karaman (68) – Makkenni (53).

Augsburg – Paderborn - 0:0

Union Berlin – Mayns - 1:1

Gollar: Ingvartsen (33) – Baku (13).

28-turdan keyin “Bavariya” 64 ochko bilan eng yaqin taʼqibchisi “Borussiya” (D)ni 7 ochkoga ortda qoldirgan holda yakka peshqadamlik qilyapti. “Leypsig” esa 55 ochko bilan uchlikni hosil qilgan. Toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlardagi “Borussiya” (M) va “Bayer”da 53 ochkodan bor. “Volfsburg” 42, “Xoffenxaym” 39, “Frayburg” va “Shalke-04” 37 tadan, “Gerta” 35, “Keln” 34, “Augsburg” va “Union Berlin” 31 tadan, “Ayntraxt” 29, “Mayns” 28 ochkoga ega. Turnir jadvalining quyi uchligini 27 ochko toʻplagan “Fortuna”, 22 ochko bilan “Verder” hamda 19 ochkoga ega “Paderborn” klublari tashkil etgan.

Toʻpurarlar bahsida “Bavariya” aʼzosi Robert Levandovski 27ta toʻpi bilan yetakchilik qilyapti. Timo Verner (“Leypsig”, 24) va Yadon Sancho (“Borussiya” D, 14) bu borada ikkinchi va uchinchi oʻrinda borishyapti.

11 140
Oybek YUNUSOV, OʻzA