O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

“Barselona” orzusidagi futbolchini qoʻlga kiritdi

“Barselona” orzusidagi futbolchini qoʻlga kiritdi

“Barselona” uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng “Inter” hujumchisi Lautaro Martines bilan kelishuvga erishdi va transfer yozda amalga oshiriladi, deb xabar berdi Cadena Cope nashri.

Kataloniya klubi argentinalik hujumchi shartnomasida koʻrsatilgan 111 million yevro miqdoridagi tovon pulini pasaytirishga urinmoqda. Buning uchun “Barsa” oʻz futbolchilarini Italiyaga koʻchib oʻtishga koʻndirishi kerak. Hozircha, Lautaroning transferiga qoʻshiladigan futbolchilardan yarim himoyachilar Ivan Rakitich va Arturo Vidal, himoyachilardan Nelson Semedu, Samyuel Umtiti va Junior Firpo nomzodi tilga olinmoqda.

22 yoshli Martines joriy mavsumda 31 oʻyinda 16 gol urdi.

10 710
OʻzA