O‘zA O`zbek

13.04.2020 Chop etish versiyasi

“Barselona” katta xayriyaga qoʻl urdi

“Barselona” katta xayriyaga qoʻl urdi

“Barselona” futbol klubi fondi Kataloniyada joylashgan kasalxonalarga 15 ming toʻp shaxsiy himoya vositalarini oʻz ichiga olgan tibbiy mahsulotlardan iborat dastlabki yordamni ajratdi.

“Mamlakatda koronavirus tarqalib, sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda holat yuzaga kelganda «Barselona« futbol klubi oʻz jamgʻarmasi hisobidan tang vaziyatdan chiqishga koʻmaklashishda davom etadi. Ushbu yordam ayni payt pandemiyani bartaraf etish va COVID-19 oqibatlarini yumshatish uchun kurash olib borayotgan turli shifoxonalarga, tibbiyot xodimlariga yoʻnaltiriladi”, - deyiladi klub saytida berilgan xabarda.

7 547
OʻzA