Badminton markazida mashg‘ulotlar qizg‘in
Urganch shahridagi badminton markazi 200 tomoshabinga mo‘ljallangan zal, 6 qishki va 6 yozgi badminton korti, kiyinish-yuvinish, murabbiylar xonalaridan iborat.
Urganch shahridagi badminton markazi 200 tomoshabinga mo‘ljallangan zal, 6 qishki va 6 yozgi badminton korti, kiyinish-yuvinish, murabbiylar xonalaridan iborat.O‘tgan yil oxirida foydalanishga topshirilgan ushbu zamonaviy markazda 60 dan ziyod yoshlar mahorat sirlarini o‘rganmoqda.
—Badminton ham boshqa sport turlari kabi doimiy izlanish, shijoat va hamjihatlikni talab etadi, - deydi Urganch shahridagi 19-maktab o‘quvchisi Mohira Eshjonova. - Uch yildan buyon bu sport turi bilan muntazam shug‘ullanaman. Kelgusida katta g‘alabalarni qo‘lga kiritishni maqsad qilganman.