Badminton bo‘yicha mahallalararo musobaqa o‘tkazildi
Nukusda sportning badminton turi bo‘yicha “Mahallamiz badmintonchilari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda sportning badminton turi bo‘yicha “Mahallamiz badmintonchilari” musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.Mazkur musobaqaga bahslarning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 jamoa ishtirok etdi.
Qiziqarli va keskin bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida Nukus shahridan Ismetullayevlar oilasi birinchi o‘rinni, Qorao‘zak tumanidan Sultanovlar oilasi ikkinchi o‘rinni, Mo‘ynoq tumanidanMuratovlar oilasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasidan birinchi o‘rinni Nukus shahridan Abubakirova Jarqinay va Dao‘letbayev Yernazar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Kegeyli tumanidan Saparbayev Miyirbek va Turg‘anbayeva Feruza egalladi. Uchinchi o‘rinni esa Chimboy tumanidan Abdiriymova Hurziya va Qudaybergenov Kamalatdin qo‘lga kiritdi.
G‘olib va ishtirokchilarga Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.