O‘zA O`zbek

06.03.2020 Chop etish versiyasi

Ayollar sport musobaqasi

Ayollar sport musobaqasi

Buxoroda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimlar oʻrtasida sportning “Shaxmat va shashka” turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi.

Musobaqada viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan 56 nafar ayollar ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bahslarda sportning shaxmat turi boʻyicha shaxsiy birinchilikda 3-oʻrinni viloyat IIB Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi jamoasidan safdor Aziza Ramazonova, 2-oʻrinni viloyat IIB jamoasidan serjant Maxsuma Adizova egallagan boʻlsa, faxrli 1-oʻrin viloyat IIB jamoasidan leytenant Gulruh Rajabovaga nasib etdi.

Shuningdek, shashka sport turi boʻyicha 1-oʻrinni 20-JIEM jamoasidan safdor Maqsuda Adizova, 2-oʻrinni viloyat IIB jamoasidan katta leytenant Xolida Toyirova, 3-oʻrinni 7258-sonli harbiy qism jamoasidan kichik serjant Matluba Rajabova qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunida mutasaddilar tomonidan gʻolib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

7 359
Zarif KOMILOV, OʻzA