Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.05.2018 16:50 Chop etish versiyasi

Ayollar futboli: “Sho‘rtan” “Paxtakor”​ni 7:1 hisobida yengdi

Ayollar futboli: “Sho‘rtan” “Paxtakor”​ni 7:1 hisobida yengdi
Mamlakat chempionatida “Sevinch” mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Ayollar jamoalari o‘rtasida 24-marotaba o‘tkazilayotgan mamlakat chempionatining 7-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. E’tiborli jihati, mazkur turda birorta durang ham, mehmondagi jamoaning g‘alabasi ham qayd etilmadi. Barcha uchrashuvlarda mezbonlar zafar quchishdi. Hatto yirik hisoblar ham bo‘ldi. “Sho‘rtan” “Paxtakor”ni 7:1 hisobida yengan bo‘lsa, jizzaxliklar qo‘qonlik raqiblari darvozasiga javobsiz o‘nta gol yo‘llashdi. Dildora Nozimovaning o‘zi uchta golga mualliflik qildi. Qo‘qonliklar olti turki hali biron ochko ham ishlaganicha yo‘q.

photo5472040299816659175.jpg

Ushbu turda “Neftchi” beshta mag‘lubiyatdan keyin nihoyat, dastlabki uch ochkosini qo‘lga kiritdi.

Ayollar chempionati. 7-tur. 16 may (chorshanba)

“SO‘G‘DIYONA” – “LOKOMOTIV” – 3:1 (3:0).
Gollar: M.Turopova (5), Z.Xalimova (30), A.Boboqulova (42) – D.Ergasheva (90).

“MЕTALLURG” – “QO‘QON 1912” – 10:0 (4:0).
Gollar: D.Habibullayeva (19), D.Nozimova (23, 62, 77), M.Sariqova (26, 73), Yu.Nabiyeva (45+1, 60), N.Ergasheva (76), M.Munavvarova (80).

“BUNYODKOR” – “ANDIJANKA” – 2:0 (1:0).
Gollar: D.Bektemirova (34), M.Kosnikova (59).

“NЕFTCHI” – “QIZILQUM” – 1:0 (1:0).
Gol: M.Qosimova (25).

“NAVBAHOR” – “BUXORO” – 2:1 (1:1).
Gollar: A.Norboyeva (15), D.Jo‘raboyeva (73) – S.Jiyanboyeva (3).

“SЕVINCH” – AGMK – 2:0 (1:0).
Gollar: M.Burxonova (30), N.Qudratova (48).

“SHO‘RTAN” – “PAXTAKOR” – 7:1 (2:1).
Gollar: Z.Jo‘rayeva (2, 68), Yu.Shodiyeva (52), Sh.Qulto‘rayeva (56), U.To‘xtayeva (70), Sh.Tojiddinova (90+1) – O‘.Nasibullayeva (8), Z.Xoliqova (33, o‘z darv.).

Oybek Yunusov

1 950