O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Ayollar futboli: qizlarimiz Tojikiston va Nepalni mag‘lub etishdi

Ayollar futboli: qizlarimiz Tojikiston va Nepalni mag‘lub etishdi

Qo‘shni Qirg‘izistonning Qorako‘l shahrida o‘tkazilayotgan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida qatnashayotgan Bahrom Norsafarov boshchiligidagi terma jamoamiz avvaliga Tojikiston termasini yirik – 12:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Gollarning to‘rttasini Dildora Nozimova, uchtasini Lyudmila Karachik, ikkitadan Umida Zoirova va Diyora Xabibullaeva kiritgan bo‘lsa yana bir golga Nilufar Qudratova mualliflik qildi.

Bugun futbolchi qizlarimiz Nepal davlati termasiga qarshi maydonga tushdi va raqiblarini 2:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Gollar Lyudmila Karachik va Rushaniya Safina hisobiga yozildi.

Qizlarimiz ertaga Qirg‘iziston termasi bilan kuch sinashadi. Agarda Bahrom Norsafarov shogirdlari mazkur o‘yinda ham g‘olib chiqishsa, musobaqaning final bahsi ishtirokchisiga aylanadi.

1 556
Oybek YuNUSOV, O‘zA