O‘zA O`zbek

11.01.2019 18:47 Chop etish versiyasi

Ayollar futboli: bir vaqtning oʻzida yoshlar va Olimpiya termalari yigʻinda

Ayollar futboli: bir vaqtning oʻzida yoshlar va Olimpiya termalari yigʻinda Ayollar futboli boʻyicha Olimpiya terma jamoamiz 5 yanvardan buyon yigʻin oʻtkazayotgan edi, kechadan 19 yoshgacha boʻlgan qizlardan iborat yoshlar termamiz ham mashgʻulotlarga kirishdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning aprel oyida Oʻzbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi 2020 yili Tokioda oʻtadigan olimpiadaga saralash oʻyinlarining ikkinchi bosqichida qatnashadi. Saralash oʻyinlariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Musobaqaga 13 fevral kuni qurʼa tashlanadi.

Ushbu turnirga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Bahrom Norsafarov boshchiligidagi ayollar olimpiya terma jamoasi 5 yanvardan Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi. Yigʻindan koʻzlangan asosiy maqsad, futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, ularning himoya va hujumdagi taktik-texnik harakatlarini takomillashtirish, qoʻyilgan vazifani bajarishga qodir boʻlgan jamoani shakllantirishdan iborat. Qizlarimiz 7 yanvar kuni Respublika ilmiy-amaliy sport meditsinasi markazida tibbiy tekshiruvdan oʻtishdi.

15 yanvarga qadar davom etayotgan yigʻinda quyidagi futbolchilar ishtirok etmoqda:

Darvozabonlar – Laylo Tilovova, Maftuna Jonimqulova (ikkalasi ham “Sevinch”dan), Gulandon Boymatova (“Metallurg”)

Himoyachilar – Dilrabo Asadova (AGMK), Soliha Husniddinova, Dilnoza Bektemirova (ikkalasi ham “Bunyodkor”dan), Xolida Dadaboyeva (“Metallurg”), Tanzila Zarbiyeva, Feruza Boboxoʻjayeva, Maftuna Shoimova (uchalasi ham “Sevinch”dan), Aziza Norboyeva (“Soʻgʻdiyona”)

Yarim himoyachilar – Dildora Nozimova, Feruza Turdiboyeva, Rushaniya Safina (uchalasi ham “Metallurg”dan), Umida Zoirova (“Bunyodkor”), Fazilat Bahromova (“Shoʻrtan”), Maftuna Panjiyeva, Malika Burhonova (ikkalasi ham “Sevinch”dan)

Hujumchilar – Kamola Berdiyeva (“Lokomotiv”), Nilufar Qudratova (“Sevinch”), Lyudmila Karachik (“Bunyodkor”), Diyora Xabibullayeva (“Metallurg”).

Kechadan oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini boshlagan yoshlar (U-19) terma jamoamiz esa aprel oyida Osiyo chempionati saralash oʻyinlarining ikkinchi bosqichida qatnashadi. Oʻyinlarning qayerda oʻtishi masalasiga 13 fevral kuni tashlanadigan qurʼa natijalari oydinlik kiritadi. Katta ehtimol bilan saralash oʻyinlari Taylandda tashkil etilishi mumkin.

Yodingizda boʻlsa, aynan shu jamoamiz 2018 yilning oktyabr oyida Qirgʻizistonning Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati saralashining birinchi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgandi.

Bosh murabbiy Karima Yoʻldosheva Toshkentdagi yigʻinga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:

Darvozabonlar – Zarina Saidova (“Shoʻrtan”), Sevara Nurullayeva (“Sevinch”), Nigora Oʻzganova (“Metallurg”).

Himoyachilar – Laylo Shodiyeva, Marjona Toʻrayeva (ikkalasi ham “Sevinch-2”dan), Ozoda Hojiyeva, Munisa Gʻiyosova (ikkalasi ham AGMKdan), Madina Hikmatova (“Paxtakor”), Husniya Gancheva (“Shoʻrtan”), Omina Shodiyeva (“Qizilqum”), Dinara Xudoynazarova (“Lokomotiv”), Sabina Amanova (“Buxoro”).

Yarim himoyachilar – Arina Smirnova (AGMK), Gulzoda Saidova (“Shoʻrtan”), ShahrizodaZaynitdinova (“Lokomotiv”), Soʻgʻdiyona Allamurodova (“Sevinch”), Mahliyo Nazarqulova , Sitora Tokabayeva (ikkalasi ham “Soʻgʻdiyona”dan), Diyora Erkinova (“Metallurg”).

Hujumchilar – Tojiniso Rashidova (“Bunyodkor”), Shahnoza Qurbonova (“Sevinch”), Muxlisa Mardiyeva, Diyora Joʻraboyeva (ikkalasi ham “Navbahor”dan), Albina Boboqulova (“Soʻgʻdiyona”).

photo5314582404993755737.jpg


Oybek Yunusov, OʻzA
1 216