“Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan keksalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi shunday nomlandi.

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi Jizzax viloyatida ham izchil amalga oshirilayotir.

“Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limining Jizzax shahridagi “Xotira” xiyoboni hududida joylashgan ma’muriy binosi o‘tgan yili qayta qurilib, “Nuroniylar maskani” majmuasi barpo etilishi bu yerda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Musobaqada 25 mehnat faxriysi hamda maktab va kasb-hunar kollejlarining 19 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.

– Yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillari faol ishtirok etmoqda, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi N.Nusharov. – Nuroniylar bilan yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir ham ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Musobaqaga faqat ishtirokchilar emas, barcha qiziquvchilar kelgani sportning shaxmat turini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, bahslar dastlab keksalar va yoshlar o‘rtasida alohida-alohida o‘tkazilib, sovrindorlar aniqlandi. Shundan so‘ng har ikki guruh g‘oliblari o‘rtasida “Avlodlar bellashuvi” musobaqasining mutlaq g‘oliblari aniqlandi.

Keksalar o‘rtasida Jizzax shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi. Shavkat Ahmadjonov birinchi, Abdurashid Adiqulov ikkinchi, Tursunboy Jamolov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Yoshlar o‘rtasidagi bahsda Forish tumanidan Muhammad Jiyanov birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Paxtakor tumani vakili Ravshan Qo‘ldoshev, yangiobodlik Nodir Zarifjonov qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Avlodlar bellashuvi” shaxmat musobaqasining mutlaq g‘oliblari aniqlandi