O‘zA O`zbek

18.01.2018 11:30 Chop etish versiyasi

“Australian Open – 2018”: Tennis malikalari saralanmoqda

“Australian Open – 2018”: Tennis malikalari saralanmoqda
Avstraliyaning Melburn shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning uchinchi davrasiga chiqish uchun o‘tgan bahsda rossiyalik Mariya Sharapova latviyalik Anastasiya Sevastovani 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, daniyalik Karolin Voznyatski va xorvatiyalik Yana Fett uchrashuvi 3:6, 6:2, 7:5 hisobida yakunlandi.

Shuningdek, ushbu bosqichda Su-Vey Se (Tayvan), Karolina Plishkova (Chexiya), Karolin Garsiya (Fransiya), Bernarda Pera (AQSH), Barbora Stritsova (Chexiya), Anjelik Kerber (Germaniya), Agneshka Radvanska (Polsha), Lyutsiya Shafarjova (Chexiya), Ana Bogdan (Ruminiya) raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib uchinchi davraga yo‘l oldi.

Hozirda Naomi Osaka (Yaponiya) – Yelena Vesnina (Rossiya), Medison Kiz (AQSH) – Yekaterina Aleksandrova (Rossiya), Simona Xalep (Ruminiya) – Ejeni Bushar (Kanada), Eshli Barti (Avstraliya) – Kamila Jorji (Italiya) o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
10 388