Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.01.2018 07:59 Chop etish versiyasi

“ATP Brisbane International – 2018” qizg‘in pallada

“ATP Brisbane International – 2018” qizg‘in pallada Avstraliyaning “ATP Brisbane International – 2018” turnirida hozirgina yarim final bahslari boshlandi.

Turnirning chorak finalida bolgariyalik Grigor Dimitrov britaniyalik Kayl Edmund ustidan uch setda g‘alab qozongan bo‘lsa, avstraliyalik Nik Kirgios yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bahsda ukrainalik Aleksandr Dolgopolovni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, Aleks de Minaur (Avstraliya) va Rayan Xarrison (AQSH) ushbu bosqichda zafar quchib, yarim finalga chiqdi. Ayni paytda Grigor Dimitrov va Nik Kirgios, Aleks de Minaur va Rayan Xarrison yarim finalda o‘zaro bahslashmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
7 426