13.07.2018 23:04 Chop etish versiyasi
Atletlarimizning muhim g‘alabasi

Bugungi musobaqalarda hamyurtimiz Dalera Davronova 90 kg. Vazn toifasida qatnashdi. U dast ko‘tarishda 97 kg. siltab ko‘tirishda esa 128 kg. natija qayd etib, ikki kurashda 225 kg. ko‘rsatgich bilan ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Chempionatda yana bir sportchimiz Akbar Jo‘rayev 105 kg. vazn toifasida ishtirok etdi. U dast ko‘tarishda 167 kg. siltab ko‘tarishda 202 kg. Natija ko‘rsatdi. A.Jo‘rayevning ikki kurash bo‘yicha natijasi 369 kg.ni tashkil etdi.
Bu uning musobaqada uchta kumush medalni qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. Musobaqalar davom etmoqda.

Muhammad Amin (surat) O‘zA

4 903