Tailand poytaxti Bangkok shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati mamlakatimiz yosh sportchilari uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Nufuzli musobaqada dunyoning 50 dan ziyod davlatidan 400 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar bilan birga, 2018-yili Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiadasiga litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun bahslashmoqda. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jahon chempionatida 1-7 o‘rinni egallagan terma jamoalar 2+2 ko‘rinishida litsenziyaga ega bo‘ladi. Ya’ni, umumjamoa hisobida kuchli yettilikka kirgan davlatlar uchun 2 o‘g‘il bolalar va 2 qizlar uchun o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi ajratiladi. 8-17 o‘rinlarni band etgan terma jamoalarga esa 1+1 ko‘rinishida yo‘llanma taqsimlanadi.

Jahon chempionatining qizlar o‘rtasidagi vazni 58 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahsida qatnashgan Kumushxon Fayzullayeva shtangani siltab ko‘tarishda 106 kilogramm natija bilan kumush, ikkikurash yakuniga ko‘ra, 185 kilogramm natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi. Uning dast ko‘tarishdagi natijasi 79 kilogramm.

Vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasida Gulnoza Ahmadova o‘z mahoratini namoyish qildi. Iqtidorli sportchimiz shtangani dast ko‘tarishda 89 kilogramm, siltab ko‘tarishda 108 kilogramm, ikkikurashda 197 kilogramm natija bilan bitta bronza va ikkita kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atletlarimiz sovrindorlar qatorida