Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida mamlakatimiz yosh atletlari ham munosib ishtirok etdi.

Nufuzli musobaqada dunyoning 50 dan ziyod davlatidan 400 dan ortiq sportchi sovrinli o‘rinlar bilan birga 2018 yili Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiadasiga litsenziyalarni qo‘lga kiritish uchun bahslashdi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jahon chempionatida 1-7 o‘rinni egallagan terma jamoalar 2 ta litsenziyaga, 8-17 o‘rinni band etgan terma jamoalar esa 1 ta  litsenziyaga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishicha, maksimal to‘rtta litsenziya berilishi lozim bo‘lgan musobaqada og‘ir atletikachilarimiz uchtasini qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionatining qizlar o‘rtasidagi bahslarida o‘z vazn toifasida Kumushxon Fayzullayeva kumush va bronza, Gulnoza Ahmadova bitta bronza va ikkita kumush medalga sazovor bo‘lgani haqida avval xabar bergandik.

Chempionatda qatnashgan qizlarimizning qayd etgan natijalari terma jamoamizning muhim ochkolarni qo‘lga kiritishini ta’minladi. Natijada uchinchi o‘rinni egallagan qizlarimiz o‘smirlar Olimpiadasining ikkita litsenziyasiga ega bo‘ldi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi vazni 94 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar bahsida ishtirok etgan Saidmuxtor Saidahrorov va Aleksandr Li sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi. Saidmuxtor shtangani siltab ko‘tarishda 175 kilogramm natija bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasini egalladi. Aleksandr esa shtangani dast ko‘tarishda 138, siltab ko‘tarishda 173, ikkikurash yakuniga ko‘ra 311 kilogramm natija qayd etib, uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlarimiz umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egallab, Olimpiya o‘yinlarining bitta litsenziyasini qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Atletlarimiz o‘smirlar Olimpiadasida qatnashadi