Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.01.2018 13:12 Chop etish versiyasi

Atletlar Toshkent va Chirchiqda jam bo‘ladi

Atletlar Toshkent va Chirchiqda jam bo‘ladi Toshkentda va Chirchiqda yengil atletika bo‘yicha joriy yilgi sport mavsumining dastlabki musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha 2003-2004 va 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Toshkent shahar birinchiligi 12-yanvar kuni o‘tkaziladi. Chirchiq shahridagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida yengil atletika bo‘yicha ochiq turnirida atletlar 13-yanvar kuni raqobatlashadi.

Musobaqalarda sportchilar turli masofalarga yugurish, uzunlik va balandlikka sakrash, yadro uloqtirish hamda to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha bahslashadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 163