O‘zA O`zbek

16.08.2018 12:36 Chop etish versiyasi

“Atletiko” UEFA superkubogi g‘olibi

“Atletiko” UEFA superkubogi g‘olibi
Kecha tunda Tallindagi “A. Le Kok Arena” UEFA superkubogi uchun bo‘lib o‘tgan bahsga guvoh bo‘ldi.

Unda Madridning ikki klubi “Atletiko” hamda “Real” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Biri o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi g‘olibi sifatida, boshqasi Yevropa ligasida zafar quchgan jamoa sifatida maydonga tushdi.

Dastlab, birinchi daqiqadayoq Diyego Kosta Simeone shogirdlarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yinning 27 daqiqasida Karim Benzema “qaymoqrangli”larning birinchi golini kiritdi. Birinchi bo‘lim jamoalarning durangi bilan nihoyasiga yetdi. Ikkinchi bo‘limda Ramosning penaltidan kiritgan goliga, bir oz vaqt o‘tib Kosta javob qaytardi va bu hisob boshqa o‘zgarmadi. Shunday qilib, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilAdigan bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa “Real” kuchliroq ko‘rindi, biroq yakunda golni “Atletiko” futbolchilari kiritdi. Saul hamda Kokening gollariga Lopetegi shogirdlaridan hech kim javob qaytara olganicha yo‘q 4:2.

Qayd etish joiz, shu kuni “matraschilar” ustozi Diyego Simeone diskvalifikatsiya sabab o‘yinni tribunadan kuzatishga majbur bo‘ldi. Shunda ham uning jamoasi g‘alaba qozondi.

UEFA superkubogida g‘olib bo‘lish bobida “Atletiko” faqat “Barselona”(5), “Milan”(5) hamda “Real Madrid”(4) klublaridan ortda qolmoqda.

UEFA superkubogi 2018

"Real Madrid" 2:4 "Atletiko Madrid"
 
Gollar: Karim Benzema (27),Serxio Ramos (63, pen) – Diyego Kosta (1, 79), Saul (98), Koke (104). 

"Real": Keylor Navas, Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Toni Kroos (Borxa Mayoral, 102), Karim Benzema, Garet Beyl, Marselo, Kazemiro (Dani Sebalos, 76), Marko Asensio (Luka Modrich, 57), Isko (Lukas Vaskes, 83). 

"Atletiko": Yan Oblak, Diyego Godin, Stefan Savich, Lukas Ernandes, Xuanfran, Rodrigo (Vitolo, 72), Koke, Toma Lemar (Tomas Partey, 90), Saul, Antuan Grizmann (Anxel Korreya, 57), Diyego Kosta (Xose Mariya Ximenes, 109).

O'zA
3 713