O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Arsen Venger: “Messiga teginib bo‘lmadi”

Arsen Venger: “Messiga teginib bo‘lmadi”

“Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Venger London jamoasini boshqarayotgan paytda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi bilan shartnoma imzolashga harakat qilganini ta’kidladi.

“Biz Krishtianuni sotib olishga uringanmizmi? Albatta. Hozirgacha o‘sha bitim amalga oshmaganidan afsuslanaman.

Messi? Biz Fabregasni sotib olayotganda Leo varianti ham bor edi, biroq u “Barselona”ning asosiy rejalaridan ekanini bilganimizdan keyin buni imkoni bo‘lmagan.

Bilasizmi, o‘sha yillarda “Barselona” juda kuchli yoshlar jamoasiga ega edi. Ular orasida Messi, Pike va Fabregas kabi bir qancha yosh talantlar to‘p surishardi. Pike va Fabregas Angliyaga keldi, ammo Messiga teginib bo‘lmadi. Menimcha, biz ham yosh Messi uchun jozibaliroq ko‘ringanmiz”, – mutaxassisning so‘zlarini keltirgan beIN Sports.

Ma’lumot o‘rnida, bir necha kun avval g‘arb matbuotida Arsen Vengerni “Barselona” bosh murabbiyi sifatida ko‘rib qolish mumkinligiga shama qiluvchi xabarlar urchigan edi.

1 324
O‘zA