O‘zA O`zbek

11.05.2020 Chop etish versiyasi

APL futbol musobaqalari uchun ruxsat oldi

APL futbol musobaqalari uchun ruxsat oldi

Angliya futbol ligalari Buyuk Britaniya hukumatidan koronavirus pandemiyasi tufayli mart oyida toʻxtatilgan mavsumni tiklashga ruxsat oldi, deyiladi ESPN bayonotida.

Taʼkidlanishicha, Britaniya hukumati karantindan bosqichma-bosqich chiqish boʻyicha tayyorlagan loyihaning tegishli bandi 1-iyundan ommaviy tadbirlarni, jumladan sport musobaqalarini “keng koʻlamli ijtimoiy aloqalar”ga yoʻl qoʻymaslik uchun tomoshabinlarsiz, ammo teletranslyatsiyalar uchun imkon yaratilgan holda oʻtkazishni nazarda tutadi.

Demak, jamoalar chempionat oʻyinlarini boʻsh oʻrindiqlar bilan oʻtkazishlari mumkin boʻladi.

8 124
OʻzA