O‘zA O`zbek

18.01.2018 16:50 Chop etish versiyasi

Anons: Buxoroda boks bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi

Anons: Buxoroda boks bo‘yicha chempionat o‘tkaziladi Joriy yilning 6-11 fevral kunlari Buxoro shahrida xotin-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkaziladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan sportchilarni 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari hamda Argentinada o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga saralash maqsadida tashkil etilmoqda.

Chempionatda ayollar 11, qizlar esa 10 vazn toifasida ringga ko‘tariladi.

Javohir Toshxo'jayev, O'zA
17 184