Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 12:25 Chop etish versiyasi

Andijonda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi

Andijon shahrida 2000-2001-yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda 250 ga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro raqobatlashdi.

60, 200, 400, 800 metr masofaga yugurish bahslarida Javohir Noriyev, Ruslan Maxsumov, San’atjon To‘yboyev, Sirojiddin Turdiyev, Olga Smeyrek, Farida Soliyeva, Dinora Ochilova marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, 1500 va 3000 metr masofada Oybek Mamatkomilov va Marjona Baratova barcha raqiblarini ortda qoldirdi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda Islom Abdumo‘minov va Kamilla Mirsoliyevaga teng keladigani topilmadi.

Uzunlik, balandlik va uch hatlab sakrash bahslarida Javohir Noriyev, Daniil Karl, Doniyor Qo‘chqorov, Kamola Saidova, Olga Shlentova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Oltikurash bahslarida Eldor Namozboyev 3698 ochko to‘plab shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egallagan bo‘lsa, beshkurashda Roksana Xudoyorova 3300 ochko bilan birinchi bo‘ldi. Yadro uloqtirish bo‘yicha kuch sinashgan yosh atletlar o‘rtasida Rashid Sodiqov, Zebiniso Kamoliddinova g‘alaba qozondi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 755






Все о погоде - Pogoda.uz