Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.08.2017 19:26 Chop etish versiyasi

Andijon tumani jamoasi kubok sohibi

Andijonda Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida O‘zLiDeP kubogi uchun futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi tomonidan Prezidentimizning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida o‘tkazilgan musobaqada partiya elektorati vakillaridan tuzilgan 16 jamoa ishtirok etdi.

Musobaqada Andijon tumani jamoasi O‘zLiDeP kubogini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Shahrixon, uchinchi o‘ringa Oltinko‘l tumanlari jamoalari sazovor bo‘ldi.

– Bunday turnirlar biz, yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullanib turishga undash bilan birga, o‘zaro fikr almashish, kelgusida faoliyatimizni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi, – deydi Shahrixon tumani jamoasi a’zosi Shohrux Akbarov. – G‘olib bo‘lishimiz ham mumkin edi, ozgina omad yetishmadi. Eng muhimi, joylarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga oz bo‘lsa-da, hissa qo‘shganimizdan xursandmiz.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 373






Все о погоде - Pogoda.uz