Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalar O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasi hamda qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi. Unda o‘ndan ziyod davlat polvonlari o‘zaro bahslashdi.

Bahodirlar o‘yinlarida polvonlar o‘z vaznidan bir necha barobar og‘ir buyumlarni ko‘tarish, o‘rnidan siljitish, belgilangan masofagacha ko‘tarib borish kabi jismoniy kuch va iroda talab qiladigan mashqlarni bajaradi.

Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon kubogining 2-bosqichida ishtirokchilar turli shartlar bo‘yicha bellashib, odamning jismoniy imkoniyati nimalarga qodirligini namoyon etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, polshalik Mateush Kiyelishkovski birinchi, hamyurtimiz Sergey Trubitsin ikkinchi, AQSh vakili Dimitar Savatinov uchinchi o‘rinni egalladi.

– Yurtingizda o‘tkazilgan nufuzli musobaqada g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi M.Kiyelishkovski. – Ta’kidlash joizki, musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgani, bugun o‘zbekistonlik bahodirlar xalqaro maydonlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgani yurtingizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibordan dalolatdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alpkelbat bahodirlar kuch sinashdi