Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 08:00 Chop etish versiyasi

Aleksandr Tretyakov jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Aleksandr Tretyakov jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi Skeleton bo‘yicha Germaniyada o‘tkazilgan jahon kubogi qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi.

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Janubiy Koreya sharafini himoya qilgan Yun Sunbin marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Rossiyalik Aleksandr Tretyakov esa ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, germaniyalik sportchi Kristofer Groter marraga uchinchi bo‘lib kirib keldi.

Xotin-qizlar bahsida germaniyalik Jaklin Lelling, Tina Xermann va Anna Fernstadt shohsupaga ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
7 220