O‘zA O`zbek

08.08.2018 15:42 Chop etish versiyasi

AKADЕMIK ESHKAK ESHISH: Sportchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi

AKADЕMIK ESHKAK ESHISH: Sportchilarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi
Bugun Chexiyaning Rechitse shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi.

Dunyoning 58 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar qatorida o‘zbekistonliklar ham sovrinli o‘rinlar uchun bahsga kirishdi.

Sportning ushbu turi bo‘yicha eng muhim sanalgan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Tolib Isaboyev ustozligida Davrjon Davronov va Yevgeniy Agofonovlar himoya qilishadi. 

E’tiborli jihati, aynan shu sportchilarimiz oktyabr oyida ham Argentinada bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida yurt sha’ni uchun kurashga kirishadi. 

Bahslar 13-avgustga qadar davom etadi.

O. Yunusov, O'zA
2 773