Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.09.2017 11:08 Chop etish versiyasi

AIBA so‘rovnomasi: Shahram G‘iyosov dunyoning eng yaxshi bokschisi

6 (3).jpgGermaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatining 69 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahram G‘iyosov muxlislar tomonidan dunyo birinchiligi musobaqasining eng yaxshi bokschisi, deb e’tirof etildi.

Xalqaro havaksor bokschilar assotsiyatsiyasi – AIBA ning “Twitter” ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida jahon chempionatining eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zbek o‘g‘loni Shahram G‘iyosov eng ko‘p ovoz to‘plab, ukrainalik Oleksandr Xijnyak va kubalik Xulio Sezar La Kruzni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Shahram G‘iyosov o‘ziga xos jang uslubi, tezkor va aniq zarbalari, metin himoyasi, janglarni shijoat bilan o‘tkazishi bilan muxlisu mutaxassislarning olqishiga sazovor bo‘ldi. Uning Olimpiadadagi janglari, Osiyo chempionatidagi ishonchli g‘alabasi va jahon chempionatidagi mahorati va g‘alabaga chanqoqligi barchaning esida qoldi. 

Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
3 176






Все о погоде - Pogoda.uz