O‘zA O`zbek

28.08.2018 11:20 Chop etish versiyasi

AGMK jamoasi peshqadam

AGMK jamoasi peshqadam

Futzal boʻyicha erkaklar jamoalari oʻrtasida XXII Oʻzbekiston chempionatining 13-tur bahslari nihoyasiga yetdi.

Ikki kun davom etgan musobaqalar natijalariga koʻra, turnirda Olmaliqning AGMK jamoasi peshqadam boʻlib turibdi. Nizomga koʻra, jamoalar 2 marta maydonga tushadi. AGMK jamoasi “Navbahor” bilan mehmonda oʻynadi va 3:6, 0:6 hisobi bilan gʻalaba nashidasini surdi. Olmaliqliklar ushbu yutuqdan soʻng, 66 ochko jamgʻargan holda peshqadamlikni mustahkamlab oldi. Turnir jadvalida 2-oʻrinda borayotgan “Paxtakor” jamoasining Qoʻqonga tashrifi ham omadli boʻldi. “Qoʻqon-1912” bilan boʻlgan uchrashuvda mehmonlar 2:7, 4:7 hisobida gʻalaba qozondi. Endi toshkentliklarda 63 ochko bor. Turnir peshqadamlaridan biri boʻlib kelayotgan Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi Toshkentga tashrif buyurdi. “Lokomotiv” va “Neftchi” oʻyinida 1:6, 5:4 hisobi qayd etildi. Liderlardan ochko jihatidan ancha orqada qolgan boʻlsa-da, 46 ochko toʻplagan “Neftchi” 3-oʻrinda bormoqda.

Keyingi tur oʻyinlari 14-15 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.


Loko-Neftchi (2).JPG

Loko-Neftchi (3).JPG

Loko-Neftchi (4).JPG

Loko-Neftchi (5).JPG

Muhammad Amin (surat), OʻzA
1 561