O‘zA O`zbek

15.09.2018 10:16 Chop etish versiyasi

ACHL: Amaldagi chempion - “Vidad” mehmonda magʻlubiyatga uchradi

ACHL: Amaldagi chempion - “Vidad” mehmonda magʻlubiyatga uchradi

Kecha boʻlib oʻtgan Afrika Chempionlar ligasining dastlabki Gvineyaning “Xoroyya” hamda Misrning “Al Axli” jamoalari oʻrtasida kechgan bahsda jamoalar durangga imzo chekishdi: 0 – 0.

Kunning ikkinchi oʻyinida esa amaldagi chempion Marokashning “Vidad” klubi Jazoirning “Es Setif”iga mehmonda magʻlubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi yagona golga 16 daqiqada I. Diomande mualliflik qildi.

Xoroyya” – “Al Axli” 0:0

“Es Setif” – “Vidad” 1:0

Bugun qolgan ikki oʻyin boʻlib oʻtadi. Undagi dastlabki bahsda Angolaning “Primeyru de Agoshtu” jamoasi oʻz uyida Kongoning “Mazembe”sini qabul qilsa, ikkinchi bahs Tunisning ikkita klubi oʻrtasida kechadi: “Esperans” – “Etual Saxel”.

Xabaringix bor, ushbu turnir gʻolibi 12-22-dekabr kunlari BAAda boʻlib oʻtadigan Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

O'zA
1 342