O‘zA O`zbek

Sport

Ja’far Irismetov - jahon to‘purarlari safida

05.09.07 12:37

Germaniyaning Visbaden shahrida joylashgan xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) rahbariyati dunyo mamlakatlari milliy chempionatlari oliy ligasida ishtirok etayotgan jamoalarda faoliyatini davom ettirayotgan va ikki yuzdan ziyod gol kiritgan futbolchilarning joriy yil avgust oyiga doir ro‘yxatini e’lon qildi.

“Paxtakor” o‘yinni hujumdan boshladi

05.09.07 11:53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining oliy ligasida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi navbatdagi chempionlik sari tobora yaqinlashib bormoqda. O‘n to‘qqizinchi turning markaziy uchrashuvi sifatida qayd etilgan “Paxtakor” va “Andijon” (Andijon) jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda poytaxtliklar raqib futbolchilariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

“Paxtachi”ning g‘alabasi

05.09.07 11:44

Poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuida futzal bo‘yicha mamlakat XII chempionati birinchi bosqichining dastlabki uchrashuvlari o‘tkazildi.

Toshkent tennis markazida Osiyo chempionati boshlandi

03.09.07 20:52

Toshkent tennis markazida boshlangan tennis bo‘yicha Osiyo chempionatida qit’amizning eng mohir raketkachilari chempionlik va kelasi yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan Avstraliya ochiq chempionatiga beriladigan yo‘llanma uchun kurashga kirishdi.

Yulduzning uch medali

03.09.07 20:51

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan V Osiyo chempionatida ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Yosh tennischilar bahsi

31.08.07 17:15

Poytaxtimizda tashkil etilgan “Yunusobod-Tennis” tennis klubi ochiq chempionatida hamyurtlarimizdan tashqari Rossiya va Qozog‘istondan kelgan yuz nafardan ziyod yosh raketkachilar ham ishtirok etdi.

“Olimpiya” peshqadam!

31.08.07 17:06

Futbol bo‘yicha Toshkent shahri birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar navbatdagi tur uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Hamyurtlarimiz sovrindor!

31.08.07 17:01

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan trampolin bo‘yicha jahon kubogining oltinchi bosqichida dunyoning eng kuchli sportchilari qatorida hamyurtlarimiz ham ishtirok etdi.

Xavaskor sportchilar bahsi

31.08.07 16:57

Istiqlolmizning 16 yilligiga bag‘ishlab poytaxtimizda o‘tkazilgan badminton bo‘yicha bahslarda ellik nafardan ziyod xavaskor sportchi ishtirok etdi.

Yangi sport majmui

30.08.07 9:14

Farg‘ona viloyati Quva tumanining Gumxona qishlog‘ida zamonaviy sport majmui foydalanishga topshirildi.

Ammayev – jahon chempioni!

29.08.07 17:23

Xitoy poytaxti Pekin shahrida erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan iqtidorli polvonlar qatorida hamyurtlarimiz ham g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Turnir g‘oliblari aniqlandi

29.08.07 12:42

Poytaxtimizda belbog‘li kurash bo‘yicha o‘tgan turnirda yurtimizning barcha viloyatlaridan polvonlar yetti vazn toifasida o‘zaro bellashdi.

Birinchilik yakunlandi

29.08.07 12:39

Yangiariq tumanida o‘smirlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha Xorazm viloyati birinchiligi yakunlandi. O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada o‘n olti yoshgacha bo‘lgan merganlar o‘zaro kuch sinashdi.

“Paxtakor”ning yana omadi chopdi

28.08.07 16:56

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining oliy ligasida o‘n sakkizinchi turning markaziy uchrashuvi ”Neftchi” va “Paxtakor” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Ayollar musobaqasi

27.08.07 20:36

Yurtimizda sportning ommaviyligini oshirish, ayniqsa xotin-qizlarni sportga yanada kengroq jalb etish, ular o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilayotir. Mamlakatimiz Mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlab Nukus shahrida ayollar o‘rtasida velopoyga musobaqalari o‘tkazildi.

Poytaxtliklar birinchi

27.08.07 19:05

Toshkent viloyatida aviamodel bo‘yicha o‘tgan O‘zbekicton kubogi musobaqasida qariyb sakson nafar sportchi ishtirok etdi.


Yangiliklar :