O‘zA O`zbek

Sport

Shaxmatchilarimiz kubok uchun kurashmoqda

16.10.13 13:35

Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE shafeligida o‘tkazilayotgan III Markaziy Osiyo kubogida iste’dodli yosh shaxmatchimiz Jahongir Vohidov bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda.

Musobaqalar g‘alaba bilan boshlandi

16.10.13 13:33

Boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan XVII jahon chempionatida dunyoning 116 mamlakatidan 576 nafar charm qo‘lqop ustasi o‘n vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Yosh futbolchilarimiz g‘alabani ta’minladi

16.10.13 11:17

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2015-yili Avstraliyada o‘tkaziladigan Osiyo kubogi musobaqasiga chiqish uchun o‘tkazilayotgan saralash turniridagi dastlabki g‘alabasini nishonladi.

O‘zbekiston – Vetnam 3:1

15.10.13 20:08

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2015-yili Avstraliyada bo‘ladigan Osiyo kubogi musobaqasiga chiqish uchun o‘tkazilayotgan saralash turnirining uchinchi tur uchrashuvida o‘z maydonida Vetnam futbolchilarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Matonatli sportchilar maskani

14.10.13 18:27

Andijon shahridagi 12-maxsus maktab internati mamlakatimizdagi ana shunday maskanlardan biri. 128 nafar imkoniyati cheklangan bola ta’lim-tarbiya olayotgan mazkur muassasada sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgani samarasida maktab o‘quvchilari salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda.

Yosh sambochilarimiz jahon birinchiligi sovrindori

14.10.13 14:50

Gretsiyaning Saloniki shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon birinchiligida dunyoning o‘ttizdan ziyod mamlakatidan besh yuz nafarga yaqin yosh sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Nukuslik qizlar g‘olib

14.10.13 14:47

Buxoroda 1997-1998-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Kubok Toshkentda qoldi

14.10.13 12:45

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Badminton federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqa yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, mahoratli sportchilarni tayyorlash va badmintonni yanada ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.

Shaxmatchilarimiz – peshqadam

14.10.13 12:27

Xalqaro shaxmat federatsiyasi – FIDE shafeligida o‘tkazilayotgan III Markaziy Osiyo kubogida O‘zbekiston vakillari – Marat Jumayev va Jahongir Vohidov peshqadamlik qilmoqda.

Kuchli tennischilar saralanmoqda

11.10.13 17:03

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan Professional tennischilar uyushmasi (ATP) turkumidagi “Tashkent Challenger – 2013” xalqaro turnirida bosh sovrin uchun kurashayotgan kuchli raketka ustalari saralanib bormoqda.

Yosh futbolchilarimizning yana bir g‘alabasi

11.10.13 15:18

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo chempionatining final qismiga chiqish uchun o‘tkazilayotgan saralash turnirida ketma-ket uchinchi g‘alabasini nishonladi.

Mahorat mashqda oshadi

10.10.13 17:57

Nukus shahridagi Respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabida 496 nafar o‘g‘il-qiz tennis va stol tennisi bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

O‘qishda ham, sportda ham faol yoshlar

09.10.13 19:06

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida o‘quvchilar umumta’lim maktablarida ta’lim olish barobarida, sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Yosh futbolchilarimizning ishonchli g‘alabasi

09.10.13 14:28

2014-yili Myanmada futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqish uchun Qatarda davom etayotgan saralash turnirida qatnashayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ketma-ket ikkinchi g‘alabasini nishonladi.

Sportsevar oilalar bellashuvi

09.10.13 11:49

Samarqand shahrida “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika sport musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Farrux Do‘stov – keyingi bosqichda

08.10.13 19:18

Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimiga kiruvchi “Tashkent Challenger – 2013” an’anaviy xalqaro turniri davom etmoqda.

Taekvondochilarimiz muvaffaqiyati

08.10.13 17:25

AQShning Nyu-York shahrida taekvondo ITF bo‘yicha yakunlangan IX “Big Apple” xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 7 oltin, 5 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sport xabarlari

07.10.13 16:28

Tailand poytaxti Bankok shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo kubogining dastlabki bosqichi yakunlandi. Nufuzli musobaqada terma jamoamiz a’zolari bittadan oltin, kumush va bronza medalga sazovor bo‘ldi.

“Mash’al” oliy ligaga yo‘llanma oldi

07.10.13 16:27

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXII milliy chempionati birinchi ligasida peshqadamlik qilayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasi muddatidan oldin oliy liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.