Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Sport

Oqgulning reytingi ko‘tarilmoqda

16.10.07 15:38

Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) dunyoning eng kuchli tennis ustalarining joriy yilning 15 oktabrigacha bo‘lgan yangi reyting jadvalini e’lon qildi.

Terma jamoamizning o‘ziga xos rekordi

15.10.07 20:07

Poytaxtimizdagi “Markaziy harbiy sport klubi” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasi yashil maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun saralash musobaqasining dastlabki uchrashuvida Xitoy Taypeyi futbolchilarini qabul qildi.

Hamyurtlarimiz yo‘llanma sohibi

15.10.07 19:04

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon kubogining mintaqaviy saralash musobaqasida hamyurtlarimizdan tashqari Qozog‘iston, Afg‘oniston va Tojikistondan kelgan shaxmatchilar o‘zaro kuch sinashdi.

Yosh tennischilarimiz g‘oliblikka da’vogar

15.10.07 17:04

Turkmanistonda o‘tkazilayotgan Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalar taqvimiga kiritilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi xalqaro tennis turnirida dunyoning o‘nga yaqin davlatidan kelgan raketkachilar qatorida o‘zbekistonlik yosh sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Muhim uchrashuv oldidan

12.10.07 16:37

Joriy yilning 13 oktabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasi yashil maydonlarida o‘tkazilayotgan jahon chempionatiga chiqish uchun saralash o‘yinlarini boshlaydi. Dastlabki uchrashuv Toshkent shahrida Xitoy Taypeyi terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Hakamlarimiz Osiyo maydonlarida

12.10.07 13:33

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) rahbariyati qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik FIFA referi assistentlari – Baxtiyor Tog‘ayev va Abduhamidullo Rasulov o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash bosqichi uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Sog‘lom avlod kubogi

12.10.07 11:47

Samarqand viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod kubogi” IV viloyat turniri bo‘lib o‘tdi.

Rustam Qosimjonovning navbatdagi g‘alabasi

10.10.07 17:37

Turkiyaning Kemer shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Yevropa klublari kubogi musobaqasida g‘oliblik uchun kurash so‘nggi turgacha davom etdi. Jamoalar o‘z tarkibiga dunyoning eng kuchli shaxmatchilarini jalb etgani bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishini ta’minladi.

Oqgul keyingi bosqichda

09.10.07 17:01

Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilayotgan Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifidagi “Bangkok Open” xalqaro turnirida dunyoning kuchli raketka ustalari qatorida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova ham qatnashmoqda.

Denis Istominning muvaffaqiyati

08.10.07 16:17

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Olimpiyskiy” sport majmuida tennis bo‘yicha “Kreml kubogi” an’anaviy xalqaro turnirida Denis Istomin yurtimiz sharafini muvaffaqiyatli himoya qilmoqda.

Toshkent dengizidagi musobaqa

08.10.07 15:44

Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo‘yicha erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kuzgi chempionatida eng kuchli sportchilarimiz g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

“Toshkent open” muvaffaqiyatli yakunlandi

08.10.07 12:39

Toshkent tennis markazida bir hafta davom etgan Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifidagi “Toshkent open” an’anaviy xalqaro tennis turniri yakunlandi.

“Uchquduq” hamon peshqadam

05.10.07 18:01

Namanganda futzal bo‘yicha O‘zbekiston XII milliy chempionatining oliy ligasida birinchi bosqich ikkinchi tur bellashuvlari boshlandi.

Musobaqa qizg‘in pallaga kirdi

05.10.07 17:41

Toshkent tennis markazida Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tasnifidagi “Toshkent open” xalqaro tennis turnirida kuchli tennischilar g‘oliblik uchun kurashni davom ettirmoqda.

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining xayrli ishlari

05.10.07 17:39

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining Navoiy viloyat filiali Ijtimoiy himoya yilida qator xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Shahar va tumanlarda bolalarni sportga kengroq jalb etish, ularni turli sport anjomlari bilan ta’minlash ishlariga katta e’tibor berilayotir.

Shaxmat bo‘yicha kuchlilar turniri yakunlandi

04.10.07 14:45

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida “Kuchlilar turniri” nomini olgan O‘zbekiston birinchiligi bellashuvlari yakunlandi.

Mezbonlar g‘alaba qozongan tur

03.10.07 18:09

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XVI milliy chempionatining birinchi ligasida o‘tkazilgan o‘ttiz birinchi turdagi sakkizta uchrashuvning barchasida mezbon jamoalar g‘alaba qozondi.








Все о погоде - Pogoda.uz