O‘zA O`zbek

13.03.2020 Chop etish versiyasi

7 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 244 nafar sportchi dona surdi

7 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 244 nafar sportchi dona surdi

Namanganda “Yoshlar shaxmat taxtasi” respublika ochiq turnirining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportning mazkur turini yana-da rivojlantirish, ommaviyligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan anʼanaviy tarzda tashkil etilayotgan musobaqaning mazkur bosqichida 7 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 244 nafar sportchi dona surdi.

photo5429334585294040188.jpg

— Musobaqaning quyi bosqichida 20 mingdan ziyod oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi, — deydi Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi Abdulaziz Moʻminov. — Ishtirokchilar soni yildan yilga koʻpaymoqda. Bu yoshlar oʻrtasida shaxmatga boʻlgan qiziqishning ortayotganidan darak.

Murosasiz bahslarga boy oʻtgan musobaqada 6 yosh toifasida gʻoliblar aniqlandi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

7 650
Hotam MAMADALIYEV (surat), OʻzA