O‘zA O`zbek

24.08.2018 10:35 Chop etish versiyasi

60 ga yaqin sportchi Oʻzbekiston kubogida ishtirok etadi

60 ga yaqin sportchi Oʻzbekiston kubogida ishtirok etadi
Namangan shahridagi Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida karate boʻyicha viloyat kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Namangan viloyati karate federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 6 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar ishtirok etdi.

e88da251-bd26-47b3-b1e0-281729a4685d.jpg

– Musobaqada 50 nafar qizlar, 250 nafar oʻgʻil bolalar oʻz vazn toifasida bahslashdi. Gʻolib boʻlgan 60 ga yaqin sportchilar shu yil 8-9 sentyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan Oʻzbekiston kubogida ishtirok etadi, – deydi viloyat karate federatsiyasi rahbari N.Nuriddinov.

Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA
2 053