O‘zA O`zbek

07.05.2020 Chop etish versiyasi

57 yoshli Evander Xolifild boksga qaytmoqda

57 yoshli Evander Xolifild boksga qaytmoqda

Ogʻir vaznda boks boʻyicha sobiq jahon chempioni amerikalik Evander Xolifild ringga qaytmoqda. U oʻzining Twitter-akkauntida shu haqda maʼlum qildi.

57 yoshli bokschi xayriya maqsadlarida boks bellashuvlarida ishtirok etishini aytgan.

25-aprelda jahonning sobiq mutlaq chempioni Mayk Tayson ham ringga qaytmoqchi ekanini maʼlum qilgandi. Uning taʼkidlashicha, xayriya maqsadlarida ringga koʻtarilishi mumkin. Keyinroq u mashq olib borayotgani tasvirlangan videoni eʼlon qildi va muxlislarining olqishlariga sazovor boʻldi. 6-may kuni avstraliyalik promouter Brayan Amatruda Tayson bilan telefon orqali bogʻlanganini va unga boks bellashuvida ishtiroki uchun bir million dollar taklif etganini taʼkidladi.

Tayson 1997-yilda Xolifildga qarshi revansh matchida raqibining qulogʻini tishlab olgan edi. Natijada ushbu bellashuv davom ettirilmadi, Tayson boks musobaqalaridan bir muddat chetlashtirilib, 3 million dollar miqdorida jarimaga ham tortilgandi.

Xolifild oʻzining soʻnggi bellashuvini 2011-yilda oʻtkazgan. Uning hisobida 44 gʻalaba va 10 ta magʻlubiyat bor.

6 200
OʻzA