Poytaxtimizda erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda 400 nafarga yaqin sportchi o‘zaro bellashdi.

Chempionat yosh iqtidor egalarini saralash va ularni nufuzli musobaqalarga tayyorlash imkonini berdi. Vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan yunon-rum kurashi ustalari o‘rtasidagi final bellashuvida Jonibek Otabekov Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan XVII Osiyo o‘yinlari sovrindori Besiki Soldadzeni mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Feruz To‘xtayev, Nurbek Xolmuhammadov, Nurbek Hoshimbekov, Afzal Akbarov, Ruslan Komilov, Mo‘min Abdullayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Rahima Yunusova, Dauletbike Yaxshimurodova, Zuhra Mustonova, Sevara Eshmurodova, Asem Seydametova, Xolbozor Norboyeva, Gulmira Ismatova va Lobar Qobilova o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkin kurash bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda Nodir Safarov, Jamshid Kenjayev, Muhammadsiddiq Jo‘rayev, Muhammadkarim Usmonov, Soib Atoyev, Furqat Farmonov, Muhammad Muxtorov, Ma’ruf Nurillayev, Asilbek Abduraimov, Arslonbek Gadoyev, Diyor Aralov va Umid Nurov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polvonlar saralandi